Xorijiy investorlar uchun O‘zbekistonda korxona ochish — xalqaro biznesni yuritishning muhim bosqichi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi xorijiy investorlarga quyidagi shakllarda kompaniyalar ochishga to‘liq huquq beradi:
- MChJ QK — Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona (O‘zbekistonlik va xorijiy ta’sischilar ishtirokida)
- MChJ XK — Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona (100% xorijiy ta’sischilarga tegishli)
Asosiy xususiyatlar:
Ta’sischilar:
- MChJ QK — Ta’sischilar tarkibida O‘zbekiston rezidentlari (jismoniy yoki yuridik shaxslar) va xorijiy shaxslar bo‘lishi kerak.
- MChJ XK — Barcha ta’sischilar xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxslar bo‘lishi shart.
Huquqiy maqomi:
- Bunday korxonalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi va yuridik shaxsga berilgan barcha huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi
- Ro‘yxatga olish YIDXP platformasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.
- MChJ shaklidagi Qo’shma va Xorijiy Korxonalar asosan Quyidagi:
- “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun
- O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni (PF-5495 (01.08.2018)
- “Investitsiyalar va investitsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun kabi huquqiy hujjatlarga asoslanib faoliyat amalga oshiradi
Ustav fondi:
- Kamida 400 000 000 so‘m,
- yoki 200 000 000 so‘m — agar korxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki Xorazm viloyatida joylashgan bo‘lsa.
- MChJ QK uchun xorijiy ta’sischilar ulushi kamida 15% bo‘lishi kerak.
Moliyaviy huquqlar:
- O‘zbekistonda va xorijda har qanday valyutada hisob raqami ochish
- Chet el valyutasida kredit olish va qaytarish
🏛 Ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichlari:
- Korxona shaklini tanlash (MChJ QK yoki MChJ XK)
- Ta’sis hujjatlarini tayyorlash
- Faoliyat turi (OKED) tanlash
- E-IMZO (raqamli imzo) olish
- my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markaziga ariza yuborish
- INN, statistika kodlari va guvohnoma olish
- Bank hisob raqamini ochish
- Muhr va shtamp tayyorlash
- Rasmiy faoliyatni boshlash
📋 Zarur hujjatlar:
🔹 O‘zbekistonlik jismoniy shaxslar:
- Pasport, INN (yoki PINFL), ro‘yxatdan o‘tgan manzil
🔹 O‘zbekiston rezidenti yuridik shaxslar:
- Ustav, guvohnoma, direktorning pasporti
🔹 Xorijiy jismoniy shaxslar:
- Pasport (yoki skan)
- PINFL
- ICAO standartidagi fotosurat
- Viza va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik (mavjud bo‘lsa)
- Ishonchnoma (agar hujjatlar masofaviy yuborilsa)
🔹 Xorijiy yuridik shaxslar:
- Ro‘yxatga olingan mamlakatdagi savdo reestridan ko‘chirma
- Vakil uchun ishonchnoma
- Asosiy benefisiar (egasi) haqida hujjat
Xizmatlarimiz:
Xizmat turi | BAZAVIY xizmatlar tarifi | TO’LIQ xizmatlar tarifi |
---|---|---|
Konsultatsiya | ✅ | ✅ |
Yuridik manzilga yordam | ❌ | ✅ |
Korxona nomini tekshirish | ✅ | ✅ |
Ustav hujjatlarini ishlab chiqish | ✅ | ✅ |
OKED tanlash | ✅ | ✅ |
E-IMZO olish | ✅ | ✅ |
Hujjat tarjimasi va notarial tasdiq | ❌ | ✅ |
JShShR va ishonchnoma olish | ✅ | ✅ |
Bank hisob ochish | ✅ | ✅ (masofaviy holatda ham) |
Muhr tayyorlash | ❌ | ✅ |
Ro‘yxatdan o‘tish muddati | 5–6 ish kuni | 8–10 ish kuni |
Narxi | 5 000 000 so‘mdan + 375 000 | 9 000 000 so‘mdan + 375 000 |
Fikr bildirish