MChJ (Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati) ro’yxatdan o’tkazish

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) — bu O‘zbekiston Respublikasida eng keng tarqalgan yuridik shaxs shaklidir. Bu shakl biznes yuritishda qulaylik, huquqiy himoya va soliq yengilliklarini taqdim etadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risidagi Qonunga asosan MCHJni tashkil etgan ta’sischilar (asoschilar) jamiyatning qarz yoki majburiyatlari uchun javobgar emas — ular faqat o‘zlarining kiritgan ulushi (kapital) miqdorida javobgarlikka tortilishi mumkin.

🔍 Asosiy xususiyatlari:

1. Tashkil etuvchilar (ta’sischilar):

  • MCHJni tashkil etish huquqiga jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar ega.
  • Tashkil etuvchilar sifatida O‘zbekiston rezidentlari ham, chet el fuqarolari yoki xorijiy kompaniyalar (norezidentlar) ham qatnashishi mumkin (Bunda chet el yuridik shaxsining ulushi 15% va undan oshiq bo’lganda ustav fondi kamida 400 000 000 so’m miqdorni tashkil etadi).
  • Ta’sischilar soni kamida 1 nafardan, ko‘pi bilan 50 nafargacha bo‘lishi mumkin.

2. Ustav fondi (ustav kapitali):

  • MCHJ uchun ustav fondining miqdori qonun bilan qat’iy belgilanmagan.
  • Ta’sischilar ustav fondining miqdorini o‘z ehtiyojlari, faoliyat sohasi yoki litsenziya talablariga qarab belgilashlari mumkin.
  • Kapital pul ko‘rinishida yoki moddiy aktivlar — uskunalar, bino, transport vositalari va boshqalar ko‘rinishida shakllantirilishi mumkin.
  • Ustav fondi davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 1 yil ichida to‘liq shakllantirilishi shart.

3. Soliqqa tortilish va dividendlar:

MCHJ foydasi taqsimlanganda, ya’ni dividendlar to‘lanayotganda quyidagi soliq stavkalari qo‘llaniladi:

Mulk egasi turiDividendga soliq stavkasi
O‘zbekiston rezidentlari5%
Chet el fuqarolari / norezidentlar10%

Bu stavkalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Soliq Kodeksi asosida belgilanadi.

4. Huquqiy maqom va mustaqillik:

  • MCHJ o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkka egalik qilishi, sudda da’vogar yoki javobgar bo‘lishi mumkin.
  • U o‘zining alohida balansiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.

5. Tashkil etish tartibi:

MCHJni tashkil etish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • Bank hisob raqamini ochish
  • Ta’sischilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (pasport yoki yuridik hujjatlar)
  • Kompaniya nomini tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish
  • Ustav (ta’sis hujjatlari) tayyorlash
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (Adliya organlari orqali)
  • Soliq idoralarga ro‘yxatga qo‘yish

Biz quyidagi xizmatlarni taklif etamiz

XizmatlarSTANDARD PaketFULL Paket (PRO)
Konsultatsiya2 soatgacha Ish yakunlangunigacha
Kompaniya nomini tanlash va tekshirish
Ustav hujjatlarini tayyorlash
Elektron raqamli imzo (E-IMZO)
STIR va JShShR olish
Yuridik manzil (mavjud bo’lmasa) ko’maklashish✅ ((qo’shimcha to’lov mavjud))
Kompaniya muhri tayyorlashOddiy (qo’shimcha to’lov mavjud)Grafik dizayn asosida (qo’shimcha to’lov mavjud)
Bank uchun hujjatlar tayyorlash
Hujjatlar skanini tayyorlash
Fayllarni elektron shaklda taqdim etish
Hujjatlarni tarjima qilish✅(to’lovlar hisoblanmaganda)
Notarial tasdiqlash (zarurat bo‘lsa)✅(to’lovlar hisoblanmaganda)
Apostil / yuridik tasdiqlash✅(to’lovlar hisoblanmaganda)
Bajarilish muddati3–4 ish kuni4–7 ish kuni
Narx5 000 000 so‘mdan + 375 0009 000 000 so‘mdan + 375 000
Categories: ,

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan