Siz qanday turdagi yuridik ishlar bilan shug‘ullanasiz?
LEXPERT a/b keng ko’lamli advokatlik xizmatlarini ko’rsatish imkoniyatiga ega
Dastlabki maslahat bepulmi?
Faqatgina birinchi savol bo‘yicha umumiy yondashuvdagi onlayn maslahat bepul tarzda taqdim etiladi. Biroq, chuqur yuridik tahlil, hujjatlar ko‘rib chiqilishi yoki ofisga kelib maslahat olish holatlarida xizmatlarimiz belgilangan tarif asosida, ilk 30 daqiqadan boshlab pullik hisoblanadi. Batafsil ma’lumot uchun biz bilan bevosita bog‘laning.
Qanday qilib siz bilan bog‘lanishim mumkin?
Biz bilan bog‘lanish uchun telefon raqamimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki Telegram orqali yozishingiz mumkin. Shuningdek, veb-sayt orqali ham murojaat yuborish imkoniyati mavjud.
Sizga qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?
Har qanday ish yuzasidan huquqiy hujjatlar va dalillar muhim ahamiyatga ega. Ishingiz bo‘yicha hujjatlar loyihasini to‘g‘ri tuzishimiz uchun barcha tegishli dalillar, ma’lumotlar va hujjatlarni — ayniqsa asl nusxalar mavjud bo‘lsa, bizga taqdim etishingiz tavsiya etiladi. Bu sizning ishingizni sifatli yuritishimizga katta yordam beradi.
Ishlar qanchalik tez ko‘rib chiqiladi?
Bu tanlangan xizmat turiga bog‘liq. Hujjatlar loyihasini tayyorlash ishlari, ularning hajmiga qarab, odatda 3 kundan 15 kungacha (kichik hajmdagi hujjatlar yanada kamroq vaqtda) davom etadi. Boshqa xizmatlar esa ishning murakkabligiga qarab belgilanadi. E’tiborli jihat shuki, oylik doimiy yuridik xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlarning ishlari ustuvor tartibda va tezroq ko‘rib chiqiladi.