Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) — bu O‘zbekiston Respublikasida eng keng tarqalgan yuridik shaxs shaklidir. Bu shakl biznes yuritishda qulaylik, huquqiy himoya va soliq yengilliklarini taqdim etadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risidagi Qonunga asosan MCHJni tashkil etgan ta’sischilar (asoschilar) jamiyatning qarz yoki majburiyatlari uchun javobgar emas — ular faqat o‘zlarining kiritgan ulushi (kapital) miqdorida javobgarlikka tortilishi mumkin.
🔍 Asosiy xususiyatlari:
1. Tashkil etuvchilar (ta’sischilar):
- MCHJni tashkil etish huquqiga jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar ega.
- Tashkil etuvchilar sifatida O‘zbekiston rezidentlari ham, chet el fuqarolari yoki xorijiy kompaniyalar (norezidentlar) ham qatnashishi mumkin (Bunda chet el yuridik shaxsining ulushi 15% va undan oshiq bo’lganda ustav fondi kamida 400 000 000 so’m miqdorni tashkil etadi).
- Ta’sischilar soni kamida 1 nafardan, ko‘pi bilan 50 nafargacha bo‘lishi mumkin.
2. Ustav fondi (ustav kapitali):
- MCHJ uchun ustav fondining miqdori qonun bilan qat’iy belgilanmagan.
- Ta’sischilar ustav fondining miqdorini o‘z ehtiyojlari, faoliyat sohasi yoki litsenziya talablariga qarab belgilashlari mumkin.
- Kapital pul ko‘rinishida yoki moddiy aktivlar — uskunalar, bino, transport vositalari va boshqalar ko‘rinishida shakllantirilishi mumkin.
- Ustav fondi davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 1 yil ichida to‘liq shakllantirilishi shart.
3. Soliqqa tortilish va dividendlar:
MCHJ foydasi taqsimlanganda, ya’ni dividendlar to‘lanayotganda quyidagi soliq stavkalari qo‘llaniladi:
Mulk egasi turi | Dividendga soliq stavkasi |
---|---|
O‘zbekiston rezidentlari | 5% |
Chet el fuqarolari / norezidentlar | 10% |
Bu stavkalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Soliq Kodeksi asosida belgilanadi.
4. Huquqiy maqom va mustaqillik:
- MCHJ o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkka egalik qilishi, sudda da’vogar yoki javobgar bo‘lishi mumkin.
- U o‘zining alohida balansiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
5. Tashkil etish tartibi:
MCHJni tashkil etish uchun quyidagilar talab etiladi:
- Bank hisob raqamini ochish
- Ta’sischilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (pasport yoki yuridik hujjatlar)
- Kompaniya nomini tanlash va uni ro‘yxatdan o‘tkazish
- Ustav (ta’sis hujjatlari) tayyorlash
- Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (Adliya organlari orqali)
- Soliq idoralarga ro‘yxatga qo‘yish
Biz quyidagi xizmatlarni taklif etamiz
Xizmatlar | STANDARD Paket | FULL Paket (PRO) |
---|---|---|
Konsultatsiya | 2 soatgacha | Ish yakunlangunigacha |
Kompaniya nomini tanlash va tekshirish | ✅ | ✅ |
Ustav hujjatlarini tayyorlash | ❌ | ✅ |
Elektron raqamli imzo (E-IMZO) | ❌ | ✅ |
STIR va JShShR olish | ❌ | ✅ |
Yuridik manzil (mavjud bo’lmasa) ko’maklashish | ❌ | ✅ ((qo’shimcha to’lov mavjud)) |
Kompaniya muhri tayyorlash | Oddiy (qo’shimcha to’lov mavjud) | Grafik dizayn asosida (qo’shimcha to’lov mavjud) |
Bank uchun hujjatlar tayyorlash | ✅ | ✅ |
Hujjatlar skanini tayyorlash | ✅ | ✅ |
Fayllarni elektron shaklda taqdim etish | ✅ | ✅ |
Hujjatlarni tarjima qilish | ❌ | ✅(to’lovlar hisoblanmaganda) |
Notarial tasdiqlash (zarurat bo‘lsa) | ❌ | ✅(to’lovlar hisoblanmaganda) |
Apostil / yuridik tasdiqlash | ❌ | ✅(to’lovlar hisoblanmaganda) |
Bajarilish muddati | 3–4 ish kuni | 4–7 ish kuni |
Narx | 5 000 000 so‘mdan + 375 000 | 9 000 000 so‘mdan + 375 000 |
Fikr bildirish