O‘zbekistonda Qo’shma Korxona va Xorijiy Korxona tashkil etish

Xorijiy investorlar uchun O‘zbekistonda korxona ochish — xalqaro biznesni yuritishning muhim bosqichi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi xorijiy investorlarga quyidagi shakllarda kompaniyalar ochishga to‘liq huquq beradi:

  • MChJ QK — Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona (O‘zbekistonlik va xorijiy ta’sischilar ishtirokida)
  • MChJ XK — Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona (100% xorijiy ta’sischilarga tegishli)

Asosiy xususiyatlar:

Ta’sischilar:

  • MChJ QK — Ta’sischilar tarkibida O‘zbekiston rezidentlari (jismoniy yoki yuridik shaxslar) va xorijiy shaxslar bo‘lishi kerak.
  • MChJ XK — Barcha ta’sischilar xorijiy jismoniy yoki yuridik shaxslar bo‘lishi shart.

Huquqiy maqomi:

Ustav fondi:

  • Kamida 400 000 000 so‘m,
  • yoki 200 000 000 so‘m — agar korxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki Xorazm viloyatida joylashgan bo‘lsa.
  • MChJ QK uchun xorijiy ta’sischilar ulushi kamida 15% bo‘lishi kerak.

Moliyaviy huquqlar:

  • O‘zbekistonda va xorijda har qanday valyutada hisob raqami ochish
  • Chet el valyutasida kredit olish va qaytarish

🏛 Ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichlari:

  1. Korxona shaklini tanlash (MChJ QK yoki MChJ XK)
  2. Ta’sis hujjatlarini tayyorlash
  3. Faoliyat turi (OKED) tanlash
  4. E-IMZO (raqamli imzo) olish
  5. my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markaziga ariza yuborish
  6. INN, statistika kodlari va guvohnoma olish
  7. Bank hisob raqamini ochish
  8. Muhr va shtamp tayyorlash
  9. Rasmiy faoliyatni boshlash

📋 Zarur hujjatlar:

🔹 O‘zbekistonlik jismoniy shaxslar:
  • Pasport, INN (yoki PINFL), ro‘yxatdan o‘tgan manzil
🔹 O‘zbekiston rezidenti yuridik shaxslar:
  • Ustav, guvohnoma, direktorning pasporti
🔹 Xorijiy jismoniy shaxslar:
  • Pasport (yoki skan)
  • PINFL
  • ICAO standartidagi fotosurat
  • Viza va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik (mavjud bo‘lsa)
  • Ishonchnoma (agar hujjatlar masofaviy yuborilsa)
🔹 Xorijiy yuridik shaxslar:
  • Ro‘yxatga olingan mamlakatdagi savdo reestridan ko‘chirma
  • Vakil uchun ishonchnoma
  • Asosiy benefisiar (egasi) haqida hujjat

Xizmatlarimiz:

Xizmat turiBAZAVIY xizmatlar tarifiTO’LIQ xizmatlar tarifi
Konsultatsiya
Yuridik manzilga yordam
Korxona nomini tekshirish
Ustav hujjatlarini ishlab chiqish
OKED tanlash
E-IMZO olish
Hujjat tarjimasi va notarial tasdiq
JShShR va ishonchnoma olish
Bank hisob ochish✅ (masofaviy holatda ham)
Muhr tayyorlash
Ro‘yxatdan o‘tish muddati5–6 ish kuni8–10 ish kuni
Narxi5 000 000 so‘mdan + 375 0009 000 000 so‘mdan + 375 000
Categories: ,

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan