Biz haqimizda

LEXPERT.UZ hozirda Legisland advokatlik firmasi bilan hamkorlikda keng ko‘lamli yuridik xizmatlarni taklif etadi — iqtisodiy va fuqarolik ishlari, oilaviy va biznesdagi huquqiy masalalari. Mijozlarimizga o‘zbek, rus va ingliz tillarida xizmat ko’rsatish imkoni mavjud.

Har bir ishda halollik, aniqlik va adolat ustuvor.

Xizmatlar

Biz fuqarolik, iqtisodiy va korporativ huquq sohalarida yuridik xizmatlar ko‘rsatamiz. Har bir mijozga — individual yondashuv va ishonchli huquqiy yechimlar.

Tashkilotning hujjat aylanishi va tuzilgan shartnomalarini tahlil qilish orqali huquqiy xatolar, xavflar va majburiyatlarni aniqlash. Bu xizmat orqali siz qonunchilikka muvofiqlikni ta’minlaysiz va kelajakdagi nizolar oldini olasiz.

Korxonalar uchun nizom tayyorlash, ta’sischilik hujjatlari, qarorlar va yig‘ilish bayonnomalarini rasmiylashtirish. Ustav o‘zgarishlarini yuritish va korporativ boshqaruvni qonunchilikka moslashtirishda to‘liq yuridik ko‘mak.

Shartnomalar, (da’vo) arizalari, e’tiroznomalar, so’rovnomalar, murojaatlar va boshqa yuridik hujjatlarni professional tarzda ishlab chiqish. Har bir hujjat mijozning manfaatlari va qonun talablari asosida tayyorlanadi.

Shartnoma, farmoyish, qaror yoki boshqa yuridik hujjatlarni batafsil tahlil qilish. Mazkur xizmat orqali hujjatdagi (ehtimolli) huquqiy xavflar, muvofiqlik va qonunbuzarlik ehtimollari aniqlanib, yuridik xulosa beriladi

Mijoz manfaatlarini fuqarolik, iqtisodiy va boshqa sudlarda himoya qilish. Da’vo arizalarini tayyorlashdan tortib sudda qatnashishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuridik yordam ko‘rsatiladi.

Yuridik savollarga aniqlik kiritish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tushuntirish va amaliy tavsiyalar berish. Bu xizmat yuridik xavflarni minimallashtirish va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Bugunoq xizmatlarimizdan foydalaning — har bir murojaat biz uchun muhim, har bir mijoz — eʼtiborda!

50+

Doimiy mijozlar

1000+

Ko’rsatilgan xizmatlar

2020+

Qo’ng’iroqlar

99+

Maslahatlar

FAQ

Quyida mijozlarimiz tomonidan eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar keltirilgan. Agar sizni qiziqtirgan savol bo‘yicha bu yerda ma’lumot topmasangiz, biz bilan bevosita bog‘laning — sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz.

Blog

Amaliy yuridik maslahatlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va biznesdagi xatolarni oldini olish bo‘yicha maqolalar.